Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi 2026-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Parvozlar Toshkent shahriga amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya tijorat direktori Tyorbold Tserenxuu ma’lum qildi.
Toshkentdan tashqari, aviakompaniya Dehli, Vetnam va Filippinga ham parvozlarni boshlashni rejalayapti. Reyslar Embraer E195-E2 rusumli samolyotlarda bajariladi.
Hunnu Air rahbariyati Mo‘g‘ulistonning geografik joylashuvidan foydalanib, mamlakatni Markaziy va Sharqiy Osiyo o‘rtasida tranzit markazga aylantirishni ko‘zlamoqda.
Hunnu Air 2011-yilda tashkil etilgan. Aviakompaniya Ulan-Batorda joylashgan va Mo‘g‘uliston ichida, shuningdek, Osiyo davlatlariga muntazam hamda charter reyslarni amalga oshiradi.
Qaynoq24.uz Air India 13-yil oldin yo‘qolgan Boeing samolyotini topgani haqida yozgan edi.

