Ichak saratoni xavfini oshiruvchi taomlar ma’lum bo‘ldi

Foto: Ochiq manbalar
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ichak saratoni xavfini oshiruvchi taomlar ma’lum bo‘ldi. Bu boradagi ilmiy ish JAMA Oncology jurnalida chop etildi.

Tadqiqot Nurses’ Health Study II ma’lumotlariga asoslangan. Unda 30 mingga yaqin ayol 24 yil davomida muntazam endoskopiya va ovqatlanish bo‘yicha so‘rovnomalardan o‘tgan. Tadqiqotda ishtirokchilarning o‘rtacha 35 foiz kaloriya ulushi UPFdan tashkil topgan. Ammo eng yuqori iste’mol guruhi bundan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.

Aynan shu guruhda kolorektal saratonning dastlabki bosqichi bilan bog‘liq adenoma holatlari 45 foizga ko‘p qayd etildi. Bu bog‘liqlik semizlik, diabet yoki tolaga boy oziqdan kam foydalanish kabi omillar hisobga olinganda ham saqlanib qoldi. Biroq UPFning sekin rivojlanadigan boshqa polip turlari bilan bog‘liqligi aniqlanmadi.

Olimlar ta’kidlashicha, erta ichak saratoni faqat ovqatlanish bilan izohlanmaydi. Shunga qaramay, ratsionda UPF ulushini kamaytirish xavfni pasaytirishi mumkin bo‘lgan muhim omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot guruhi hozirda kasallikning boshqa ehtimoliy sabablarini o‘rganmoqda.

Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar muntazam jismoniy faollik ovqat hazm qilish tizimi saratonlari bilan bog‘liq kasalliklar xavfi va o‘limni 15–30 foizga kamaytirishini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Qaynoq24.uz nashri Har yili sil kasalligidan 1,2 milliondan ortiq odam vafot etayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.