Ikki hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Zarafshon va Buxoroda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Zarafshon shahrida “T.S.” MChJ mas’ul shaxslari avtotransportlarga xizmat ko‘rsatish binosida umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada 311,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Buxoro tumanida esa “S.” xususiy korxonasi rahbari Z.Sh. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib olgan. U 105,9 mln so‘mlik gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.