Ilon Mask iPhone’dagi yangi sun’iy intellekt yechimidan norozi bo‘ldi

Foto: BBC
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask Apple va Google o‘rtasidagi yangi hamkorlikni keskin tanqid qildi. Unga ko‘ra, bu kelishuv Google’ga sun’iy intellekt bozorida haddan tashqari katta ta’sir beradi.

12-yanvar kuni Google Apple bilan ko‘p yillik hamkorlikni e’lon qildi. Ushbu kelishuvga asosan, Google’ning Gemini neyrotarmog‘i iPhone’dagi Siri hamda boshqa sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mazkur xabarga Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida munosabat bildirdi. U Apple qarorini tanqid qilib, Google allaqachon katta texnologik ustunlikka ega ekanini ta’kidladi.

“Google’da Android va Chrome bor. Endi ularga Apple bilan bunday kelishuv ham berilsa, bu asossiz kuch jamlanishiga olib keladi”, — dedi Mask.

Tadbirkorning fikricha, bunday vaziyat sun’iy intellekt va texnologik xizmatlar bozorida monopoliyaga yo‘l ochishi mumkin.

MacRumors nashri jurnalistlarining qayd etishicha, Maskning noroziligi bejiz emas. U rahbarlik qilayotgan xAI kompaniyasi hozirda Grok sun’iy intellektini ishlab chiqmoqda va u Google Gemini’ning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2025-yilda xAI Apple va OpenAI’ga qarshi sud da’vosi kiritgan. Da’voda ushbu kompaniyalar sun’iy intellekt bozorida hukmronlikni saqlab qolish uchun kelishilgan harakatlarda ayblangan.

Qaynoq24.uz Malayziya va Indoneziya Grok sun’iy intellektini bloklagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.