Indoneziyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi

Foto: AFP
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Indoneziyaning sharqida 7,4 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

AQSh Geologik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila Molukka dengizida, Ternate yaqinida sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi 7,4 ga teng bo‘lgan. Zilzila epitsentri Ternatedan 127 km g‘arbda joylashgan. Yer silkinishi taxminan 35 km chuqurlikda yuz bergan.

Dastlab Filippin va Malayziya uchun ham sunami xavfi e’lon qilingan. Biroq keyinchalik ogohlantirish bekor qilindi. Indoneziya meteorologiya xizmati ayrim hududlarda kichik to‘lqinlar kuzatilganini ma’lum qildi. Shimoliy Malukuda 30 sm, Bitungda esa 20 sm balandlikdagi to‘lqinlar qayd etilgan.

Zilzila oqibatida Manado hududida binolar zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan vayronalar sabab kamida bir kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 5 magnitudagacha yetgan takroriy silkinishlar ham qayd etilgan.

Qaynoq24.uz Indoneziyadagi kuchli suv toshqinlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.