Indoneziyada it va mushuk go‘shti savdosini taqiqlandi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Indoneziya it va mushuk go‘shti savdosi hamda iste’molini rasman taqiqladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Ushbu reglament 24-noyabrdan amal qiladi. Hujjatga ko‘ra, quturish (rabies) tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayvonlar — it, mushuk, maymun, yarasa, sivet va shu kabi turlarni tirik holda yoki go‘shti, qayta ishlangan mahsulotlari ko‘rinishida oziq-ovqat sifatida sotish taqiqlanadi. Shuningdek, bu hayvonlarni inson iste’moli uchun so‘yish yoki o‘ldirish ham man etildi.

Qoidani buzganlarga dastlab ogohlantirish beriladi. Ular sotayotgan hayvon yoki go‘sht esa musodara qilinib, tekshiruvga yuboriladi. Qoidani qayta buzgan korxonalar esa yopiladi va ularning litsenziyalari bekor qilinadi.

Jakarta gubernatori Pramono Anungning aytishicha, ushbu qaror hayvon huquqlari faollarining talab va murojaatlari ortidan qabul qilingan. Gubernator yangi taqiq poytaxt aholisi salomatligini himoya qilishga va quturish kasalligi holatlarini kamaytirishga yordam berishini ta’kidladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Indoneziyada Semeru vulqoni otilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.