Indoneziyaning Sumatra orolida yuz bergan kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilari oqibatida kamida 1 106 kishi halok bo‘lgan, yana 175 kishi bedarak yo‘qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida qariyb 7 ming kishi turli darajada jarohatlangan. Bu haqda Indoneziya Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lum qilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, ofat Sumatra orolida noyabr oyining oxiridan buyon davom etayotgan kuchli va uzluksiz yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan. Yog‘ingarchilik suv toshqinlari va loy ko‘chkilari bilan birga kelgan.
Indoneziya Milliy qidiruv-qutqaruv agentligi xabariga ko‘ra, ko‘chkilarning keng ko‘lamli bo‘lishi oqibatida ko‘plab uy-joylar, avtomobil yo‘llari va muhim infratuzilma obyektlari zarar ko‘rgan. Bu esa eng ko‘p talafot ko‘rgan hududlarga qutqaruv guruhlarining yetib borishini qiyinlashtirmoqda.
Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar bedarak yo‘qolganlarni topish bo‘yicha operatsiyalarni kuchaytirgan, jabrlangan aholiga esa gumanitar yordam yetkazilmoqda. Mutaxassislar yaqin kunlarda yog‘ingarchilik davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Qaynoq24.uz Indoneziyada Semeru vulqoni otilgani haqida yozgan edi.

