Indoneziyadagi masjidda portlash sodir bo‘ldi — video

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Indoneziya poytaxti Jakartadagi maktab majmuasida joylashgan masjidda juma namozi vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shahar politsiyasining ma’lum qilishicha, 54 kishi jarohatlangan va shifoxonalarga yuborilgan.

Politsiya Kelapa Gading tumanidagi voqea joyida portlash sababini o‘rganmoqda. Politsiya boshlig‘i Asep Edi Suheri bu haqda telekanallar orqali ma’lumot berdi.

Jarohatlar yengil kuyishlardan tortib og‘ir tan jarohatlarigacha ekani aytildi. KompasTV va MetroTV telekanallari maktab hududi atrofida politsiya chizig‘i o‘rnatilgani va tez yordam mashinalari kutayotganini ko‘rsatdi.

Qaynoq24.uz internet nashri AQShda UPS samolyoti qulishi natijasida kamida 7 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.