iQOO 15 global savdoga chiqdi

Foto: iQOO
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

iQOO 15 modelining global versiyasi o‘tgan haftada taqdim etilgach, bugundan boshlab Hindistonda rasmiy sayt, Amazon, vivo do‘konlari va boshqa oflayn savdo nuqtalarida sotuvga qo‘yildi. Model Legend va Alpha ranglarida, 12/256 GB hamda 16/512 GB talqinlarda taqdim etilgan.

Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipseti asosida ishlaydi va Android 16’ga ega OriginOS 6 tizimi bilan birga yetkaziladi. Qurilmaga besh yillik operatsion tizim yangilanishi va yetti yillik xavfsizlik yangilanishlari va’da qilingan. Flagman 6,85 dyuymli LTPO AMOLED ekranga ega bo‘lib, 144 Hz yangilanish tezligi va 1440p aniqlikni taklif etadi.

iQOO 15 7000 mA·soat sig‘imli akkumulatordan quvvat oladi. U 100 Vt simli va 40 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimi 32 megapikselli old kameradan va uchlik asosiy moduldan iborat: 50 MP asosiy, 50 MP ultra-keng modul hamda 50 MP periskop telefoto kamera 100 martagacha kombinatsiyalangan zumni taqdim etadi.

Qurilmada NFC, eSIM, ekran osti barmoq izi skaneri, IK-port, stereodinamiklar hamda Monster Halo dekorativ yoritgichi mavjud. Model IP68 va IP69 himoya standartlariga ega.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoni qanday kamchiliklarga egaligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.