iQOO Z11 seriyasi 9 000 mA/soat batareya bilan taqdim etilishi mumkin

Foto: GSM Rumors
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

iQOO Z11 seriyasi tarmoqqa ulanish uchun ruxsat oldi. Bu qurilmaning yaqin orada taqdim etilishini anglatadi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iQOO Z11 va Z11x modellari sertifikatsiya bazalarida paydo bo‘lgan. Ma’lumotni mashhur insayder Digital Chat Station oshkor qilgan. Odatda bunday ruxsat smartfon taqdimotiga oz vaqt qolganidan darak beradi.

Standart iQOO Z11 modeli V2551A raqami bilan qayd etilgan. Qurilma 90 Vt tezkor quvvatlash adapteri bilan kelishi mumkin. Batareya sig‘imi taxminan 9 000 mA/soat bo‘lishi kutilmoqda. Agar bu tasdiqlansa, Z11 o‘z segmentidagi eng katta batareyali smartfonlardan biriga aylanadi.

Foto: Gizmochina

Smartfon 1,5K aniqlikdagi katta LTPS displey va o‘rta darajadagi protsessor bilan jihozlanishi mumkin. Bu iQOO balansli ishlash, uzoq ishlash va sifatli ekran uyg‘unligini ko‘zlayotganini ko‘rsatadi.

Ikkinchi model iQOO Z11x deb atalishi mumkin. U 6,76 dyuymli FHD+ LCD displeyga ega bo‘ladi. Protsessor sifatida Qualcomm Snapdragon 7s Gen 4 tilga olinmoqda.

LCD panel tanlovi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bunga javoban Digital Chat Station bunday ekran 2026-yilda kamyob ekanini kinoya bilan qayd etgan.

Hozircha barcha ma’lumotlar norasmiy hisoblanadi. iQOO tomonidan rasmiy e’lon berilgach, tafsilotlar aniqlashtiriladi.

Qaynoq24.uz iQOO Z11 Turbo smartfonining texnik xususiyatlari ma’lum qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.