Endilikda ish izlayotgan fuqarolar my.gov.uz portali orqali oson va qulay tarzda ishsizlik nafaqasi olishlari mumkin. Jarayon bir necha oddiy qadamdan iborat bo‘lib, ariza berish va ma’lumotlarni kiritish onlayn amalga oshiriladi. Ushbu bosqichlar bilan Qaynoq24 maqolasida tanishing.
Xizmatni tanlash
Birinchi qadam sifatida portalning bosh sahifasidan “Bandlik” bo‘limiga o‘ting va “Ishsizlik nafaqasi” xizmatini tanlang. Xizmat tavsifi bilan tanishib, foydalanish shartlarini ko‘rib chiqing.
Oferta shartlarini qabul qilish
Xizmatni tanlaganingizdan so‘ng, birinchi qadamda oferta shartlarini o‘rganing va keyingi bosqichga o‘ting. Bu arizani to‘g‘ri va tezkor to‘ldirish uchun muhimdir.
Ariza ma’lumotlarini kiritish
Arizachi haqidagi ma’lumotlarning aksariyati yarim avtomatik to‘ldiriladi. Shu bilan birga, quyidagi ma’lumotlarni kiritish majburiy:
- Ta’lim darajasi va tugatgan muassasa nomi
- Mutaxassislik
- Telefon raqami Ixtiyoriy ravishda elektron pochta manzilini ham yozishingiz mumkin.
Arizani yuborish
Ma’lumotlarni kiritgach, “Yuborish” tugmasini bosib, navbatdagi sahifaga o‘ting. Arizadagi xatoliklarni tekshiring va barcha ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qiling.
Arizani ko‘rib chiqish
Portal orqali yuborilgan ariza “Yangi” holatga o‘tadi. Mas’ul tashkilot arizani 15 kun ichida ko‘rib chiqadi. Shu vaqt davomida ariza holatini portal orqali kuzatishingiz mumkin.
Tuman bandlik markazi bilan bog‘lanish
Ariza qabul qilingani haqidagi xabar kelgach, yashash manzilingizdagi Tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qiling. Markaz xodimlari Sizga mos ish o‘rinlarini taklif qiladi yoki belgilangan tartibda ishsizlik nafaqasini tayinlaydi.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda nafaqalar miqdori haqida yozgan edi.

