34 yoshli UFC’ning yarim o‘rta vazn (77,1 kg gacha) chempioni bo‘lgan rossiyalik Islom Maxachev Dog‘iston rahbari Sergey Melikov tomonidan “Jismoniy madaniyat va sport sohasidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.
Medal topshirish marosimida Melikov Islomning nafaqat jahonning barcha kamarlarini qo‘lga kiritgani, balki Dog‘istonning barcha davlat mukofotlariga sazovor bo‘layotgani haqida hazil aralash faxr bilan so‘z yuritdi. U yana bir g‘alaba bo‘lsa, Maxachev uchun alohida yangi orden ta’sis etilishini ham aytib, sportchiga minnatdorlik bildirgan.
Melikov o‘zining Telegram-kanalida Islomning mardligi, iroda kuchi va mehnati tufayli navbatdagi murakkab jangni yengib o‘tganini, bugungi kunda unga teng keladigani yo‘qligini ta’kidladi. Uning qaytib kelgan chempionlik kamarini nafaqat sportchi uchun, balki butun Dog‘iston uchun ulkan yutuq deb atadi. Xalqaro maydonda qo‘lga kiritilgan bu muvaffaqiyatning ramziy ahamiyati ham alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, noyabr oyi boshida Maxachevga respublikaning eng oliy mukofoti — “Dog‘iston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni ham topshirilgani eslatib o‘tildi.
Qaynoq24.uz nashri Ashraf Hakimi Afrikada yil futbolchisi deb topilgani haqida yozgan edi.

