Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Bobur nomidagi bog‘ barpo etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Pokiston poytaxti Islomobodda Toshkent nomidagi ko‘cha va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ tashkil etiladi. Bu qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida qabul qilindi.

Rasmiy marosim Islomobodda bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama munosabatlar ramzi sifatida shahardagi ko‘chalardan biriga “Toshkent” nomi berildi. Shuningdek, poytaxtdagi bog‘lardan biri buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataldi.

Pokiston bosh vaziri Shahbaz Sharif ushbu qaror O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarning mustahkamligini aks ettirishini ta’kidladi.

Qaynoq24.uz Afg‘oniston ko‘mir eksporti Pokistondan O‘zbekistonga yo‘naltirilishio haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.