Ispaniya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Ushbu qaror kelasi hafta Ispaniya Vazirlar Kengashi tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.
Bu haqda Pedro Sanches 3-fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti yalpi majlisida ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, platformalar foydalanuvchilarning yoshini aniqlash uchun haqiqiy va samarali tekshiruv tizimlarini joriy etishga majbur bo‘ladi. Yangi tuzatish 16 yoshga to‘lmaganlarga raqamli platformalarda ro‘yxatdan o‘tishni bevosita taqiqlaydi.
Mazkur cheklovlar kengroq chora-tadbirlar paketining bir qismi hisoblanadi. Hukumat ijtimoiy tarmoqlardagi noqonuniy kontent uchun platformalar rahbarlarining javobgarligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. So‘z nafrat, dezinformatsiya va bolalar pornografiyasiga qarshi qat’iy nazorat haqida bormoqda.
Bolalarning ruhiy salomatligiga smartfon va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri bo‘yicha xavotirlar boshqa davlatlarda ham mavjud. Daniya 15 yoshgacha bo‘lganlar uchun shunga o‘xshash taqiqni muhokama qilmoqda. Fransiya esa sentabr oyidan boshlab analog cheklovni joriy etishni talab qilmoqda. Portugaliyada bolalar 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlarga faqat ota-ona roziligi bilan kira olishi mumkin bo‘ladi.
Qaynoq24.uz Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqi kuchga kirgani haqida yozgan edi.

