Ispaniya AQSh bilan harbiy hamkorlik haqidagi bayonotni rad etdi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Ispaniya hukumati AQShning mamlakat harbiy bazalaridan Eronga zarba berishda foydalanish haqidagi bayonotini rad etdi. Madrid bunday kelishuv bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares radio orqali chiqishida AQSh bilan harbiy hamkorlik haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ispaniya pozitsiyasi o‘zgarmagan.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Ispaniya AQSh harbiylari bilan hamkorlikka rozi bo‘lganini bildirgan edi. U prezident Donald Tramp Madridga savdo aloqalarini uzish bilan tahdid qilganini ham eslatgan.

Ispaniya esa bunday bayonotlarni qat’iyan rad etdi. Mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches hukumat pozitsiyasini “ikki so‘z bilan” ifodalaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya uchun asosiy tamoyil “urushga yo‘q”dir.

Madrid AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotini ochiq tanqid qilgan NATOdagi yagona davlat bo‘ldi. Bu masala AQSh va Ispaniya o‘rtasidagi boshqa kelishmovchiliklar fonida ham yuz bermoqda.

Xususan, Vashington NATO davlatlaridan mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qilmoqda. Ispaniya esa 2035-yilgacha harbiy xarajatlarni YAIMning 5 foizigacha oshirish talabini qo‘llab-quvvatlamagan yagona NATO davlati hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqi esa AQSh tomonidan ehtimoliy savdo sanksiyalari joriy etilsa, Ispaniyani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Qaynoq24.uz Mojtaba Xomeneiy Eronning yangi oliy rahbari etib saylangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.