Isroil 14 davlatning tanqidiga keskin munosabat bildirdi

Foto: Tourist Israel
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar G‘arbiy Sohilda yahudiy posyolkalari kengaytirilishini qoralagan 14 davlat bayonotiga javob qaytardi. U bunday tanqidni «axloqan noto‘g‘ri va yahudiylarga nisbatan diskriminatsion» deb atagan. Vazirning aytishicha, chet davlatlar yahudiylarning Isroil yerida yashash huquqini cheklashga haqli emas.

Saar hukumatning 11 ta yangi posyolka barpo etish va yana sakkiztasini qonuniy maqomga chiqarish qarorini xavfsizlik masalalari bilan ham bog‘ladi. Moliyaviy vazir Betsalel Smotrich esa bu qadam falastin davlatining shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilinganini bildirgan.

14 davlat birgalikda Isroilni qarorni bekor qilishga chaqirgan. Ularning bayonotida bunday bir tomonlama choralar xalqaro huquqni buzishi va G‘azodagi o‘q o‘tmaslik rejimiga xavf tug‘dirishi aytilgan.

Qaynoq24.uz Isroil G‘azoni yana o‘qqa tutgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.