Isroil poytaxti Tel-Avivda Binyamin Netanyaxuga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Hareetz nashri xabar bermoqda.
Namoyishchilar 7-oktabr voqealaridagi xatolarni o‘rganish uchun davlat komissiyasini tuzishni va halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadlarini qaytarishni talab qilmoqda.
Tel-Aviv, Hayfa va Kiriyat Gatda o‘tgan yig‘inlarda sobiq politsiya va sud tizimi rahbarlari, garovdan ozod etilganlar hamda halok bo‘lganlarning yaqinlari sahnaga chiqib, hukumatni aniq choralar ko‘rishga chaqirdi.
Namoyishlar davomida Dror Or, Ran Gvilli va Tailand fuqarosi Sudthisak Rintalakning jasadlarini qaytarish masalasi asosiy talab sifatida ko‘tarildi.
Faollar hukumat 7-oktabrda ro‘y bergan xavfsizlik tizimidagi jiddiy kamchiliklarni o‘rganishdan bosh tortayotganini tanqid qilmoqda. Ularning ta’kidlashicha, rasmiy tergovsiz xatolar takrorlanishi mumkin.
Isroilning turli hududlarida o‘tgan namoyishlar so‘nggi oylarda davom etayotgan siyosiy bosimning navbatdagi ko‘rinishi bo‘ldi. Namoyishchilar hukumatdan garovga olinganlar masalasini ustuvor yo‘nalishga aylantirishni, halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishni talab qilmoqda.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Isroil AQSh bilan 20 yillik harbiy yordam kelishuvi bo‘yicha muzokara boshlagani haqida yozgan edi.

