Istanbul prokurori taniqli siyosatchi Ekrem Imamo‘g‘li uchun 2 ming yil qamoq jazosini talab qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Prokuratura ayblovi: 160 mlrd liralik zarar
Istanbul Bosh prokurori Akin Gürlek ma’lumotiga ko‘ra, 402 nafar gumondor ismi qayd etilgan bu ulkan ishda Imamo‘g‘li “jinoiy tarmoq tuzish, pora olish, firibgarlik va tenderlarni buzish” kabi jinoyatlarda ayblanadi. Hujjatga ko‘ra, tarmoq 10 yil davomida 160 mlrd lira (taxminan 3,8 mlrd dollar) zarar keltirgan.
4 ming sahifalik hujjat Imamo‘g‘lini tashkilotning asoschisi va yetakchisi sifatida ko‘rsatadi. MASAK hisobotlari, ekspert xulosalari, raqamli dalillar va videoyozuvlar asosiy isbot sifatida keltirilgan. Ayblovga ko‘ra, bir necha tadbirkorlar shahardagi maxfiy jamg‘arma orqali pora berishga majburlangan.
Reuters, ayblovlar bo‘yicha mustaqil tasdiq ola olmaganini eslatgan.

Muxolifat: “Bu siyosiy qurol”
Imamo‘g‘li avval ham barcha ayblovlarni rad etib kelgan va ularni siyosiy bosimning bir qismi deb atagan. Istanbul belediyesi va Imamo‘g‘li advokatlari Reuters’ning so‘roviga izoh bermagan.
Imamo‘g‘li martdan beri qamoqda
Imamo‘g‘li mart oyidan beri korrupsiya ayblovlari bo‘yicha hibsda saqlanmoqda. Iyulda u shahar bosh prokurorini haqorat qilganlik aybi bilan alohida qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo u bu hukmni apellyatsiya qilgan.
Turkiya hukumati esa Imamo‘g‘lining siyosiy ta’qib haqidagi fikrlarini rad etadi va sudlar mustaqil ekanini ta’kidlaydi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Gruziyada Turkiya harbiy samolyoti halokatga uchragani haqida yozgan edi.

