Iste’molchiga yetkazilgan zararga ishlab chiqaruvchi bilan birga sertifikatlash organlari ham javobgar bo‘ladi. Bu haqda Hukumat qarorida qayd etildi.
Qonunga ko‘ra, agar mahsulot yoki xizmatning moslik baholash jarayonida qonun buzilishi oqibatida inson sog‘lig‘iga yoki hayotiga zarar yetkazilsa, javobgarlik ishlab chiqaruvchi bilan teng darajada sertifikatlash organlariga ham yuklanadi.
Shuningdek, agar kompaniya bozordan sifatsiz mahsulotning kamida 70 foizini qaytarib olsa, unga nisbatan moliyaviy jarima choralari qo‘llanmaydi. Bu qoida ishlab chiqaruvchilar, ularning vakillari, sotuvchilar va importyorlarga ham tegishli.
Yangi tartibga binoan, sertifikatlash organlari va ularning mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun ular qonun va shartnoma asosida javobgarlikka tortiladi.
Mazkur qonun O‘zbekiston iste’molchilarini himoya qilish tizimini kuchaytirish, bozorga xavfsiz va sifatli mahsulotlar chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan.

