Janubiy Koreyaning TYM kompaniyasi O‘zbekistonga CNG traktorlarini eksport qildi

Foto: TYM Tractors
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Janubiy Koreyaning TYM kompaniyasi O‘zbekistonga 36 dona CNG traktorlarini eksport qildi. Bu haqda Chosun.biz xabar bermoqda.

O‘zbekiston tabiiy gaz zaxiralariga boy bo‘lishiga qaramay, qishloq xo‘jaligida hali ham asosan dizel yoqilg‘isidan foydalanadi. Hukumat esa importga qaramlikni kamaytirish va ekologiyani yaxshilash uchun CNG texnikalarini qo‘llashni rag‘batlantirmoqda.

Shu maqsadda TYM kompaniyasi O‘zbekiston tashkilotlari bilan hamkorlikda “T6092” rusumli CNG traktorini ishlab chiqdi. Loyihaning qiymati $1,5 mln (taxminan 2,2 mlrd von) bo‘lib, traktorlarni sinovdan o‘tkazish va tarqatish ishlari Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnika klasteri orqali amalga oshiriladi.

Sentabr oyida TYM O‘zbekistonning Innovatsion rivojlanish agentligi va Chirchiq klasteri vakillarini Janubiy Koreyaga taklif qilib, o‘z zavodida traktor ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatgan. 14-oktabr kuni esa yuborish marosimi bo‘lib o‘tgan, unda O‘zbekistonning rivojlanish va ta’lim sohalari rahbarlari ham qatnashgan.

“T6092” modeli benzin va CNG yoqilg‘isida ishlashi mumkin. U dizel traktorlariga nisbatan 77 foizga tejamkor, O‘zbekistonning iqlimiga va ekin turlariga moslashtirilgan. Traktor barcha xavfsizlik va sertifikatlash bosqichlaridan o‘tgan.

TYM kompaniyasi bu yetkazib berishdan keyin umumiy eksport hajmini 50 dona traktorgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu loyihani Markaziy Osiyoda faoliyatini kengaytirish uchun boshlang‘ich bosqich deb biladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.