Jizzaxdagi yo‘l fojiasida uch kishi halok bo‘ldi

Foto: YHXB
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Jizzax shahrida yuz berga YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar bermoqda.

23-noyabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea soat 08:10 lar atrofida Amir Temur mahallasi hududidan o‘tuvchi D-050 “Jizzax–G‘allaorol” avtomobil yolining 34-kilometrida yuz bergan.

1998-yilda tug‘ilgan Bakhmal tumani fuqarosi Matiz avtomobilini Jizzax–G‘allaorol yo‘nalishida boshqarib ketayotganida oldidagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. U qarama-qarshi yo‘lakka chiqqan paytda 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan ZIL-130 yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Ushbu kuchli to‘qnashuv oqibatida Matiz haydovchisi va mashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa bo‘yicha Jizzax shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Farg‘onada 7 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.