Jomboyda 106,4 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Jomboyda 106,4 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Jomboy tumanida “M.S.” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Yu. suv nasosini tarmoqqa ruxsatsiz ulab, 106,4 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. U ilgari sudlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan tekshiruvda YATT “M.M.” savdo do‘koni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 97,8 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Departament

Shuningdek, Ishtixon tumanida fuqaro U.X. o‘z uyida nonvoyxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish orqali 82,5 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan.

Uchala holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 15 ming dollar pora talab qilgan sudya qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.