Kapital bozorida investitsiya muhiti yaxshilanadi

Foto: IBCA
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Endi kapital bozorida investitsiya muhiti yaxshilanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” ma’lum qildi.

2030-yilga qadar kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha aniq strategik maqsadlar belgilandi. Xususan, zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali fond bozoriga 1 milliard AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 5 trillion so‘mlik корпоратив obligatsiyalar chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, kapital bozori ishtirokchilarining investitsiyalarini himoya qiluvchi kafolatli mexanizmlarni joriy etish orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ulushini 85 foizdan oshirish maqsad qilib belgilangan.

Farmonda kapital bozorida ilgari joriy etilgan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra, 2023-yil 2-sentabrdagi qaror asosida joriy etilgan ushbu rejim endilikda cheklanmagan muddatga amal qiladi.

Mazkur tartib doirasida O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi maqomini olishi mumkin. Shuningdek, xorijiy ishtirokchilarga va O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga, jumladan investitsiya fondlariga, ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kastodial va nominal saqlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, ayrim hollarda emitentlarga o‘z kapitali miqdoridan ortiq bo‘lgan, ta’minotsiz korporativ obligatsiyalarni chiqarish huquqi ham taqdim etiladi. Mazkur chora-tadbirlar kapital bozorining jozibadorligini oshirish va investitsion muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatilganda depozitar operatsiyalar tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.