Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi 18 modelini sinovdan o‘tkazmoqda. Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu kichik flagman segmentida kutilmagan texnologiyalarni taklif qiladi.
Asosiy yangilik — 7 000 mA·soat sig‘imli batareya hisoblanadi. Bu kichik o‘lchamli flagman uchun rekord ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Odatda ixcham smartfonlarda batareya kichikroq bo‘ladi. Xiaomi esa bu stereotipni o‘zgartirishga urinmoqda.
Model yuqori aniqlikdagi ekran bilan jihozlanadi. Kichik displeyda piksel zichligi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Kamera qismi ham e’tiborga loyiq. Qurilmada ikkita 200 MP sensor bo‘lishi mumkin. Bu esa mobil fotografiyada yangi bosqich bo‘lishi mumkin.

Hozircha model sinov bosqichida. Rasmiy taqdimot sanasi va narxi haqida ma’lumot berilmagan. Agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, Xiaomi kichik flagman segmentida yangi standart o‘rnatishi mumkin.
Qaynoq24.uz Xiaomi 17T smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

