Kolumbiya prezidenti Tramp ayblovlariga javob berdi

Foto: Globallookpress
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Kolumbiya prezidenti Tramp ayblovlariga javob berdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmoq sahifasida bayonot berdi. U AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bildirilgan narkotrafik haqidagi ayblovlarni keskin tanqid qildi.

Petro Trampning fikrlarini “qarilik aqli mahsuli” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh rahbari haqiqiy erkinlik tarafdorlarini narkoterrorchilar sifatida ko‘radi. Prezident bunga Kolumbiya AQShga ko‘mir va neft bermayotganini sabab sifatida ko‘rsatdi.

Shuningdek, Kolumbiya yetakchisi AQSh hukumatini qonundan tashqaridagi ochko‘z odamlar deb ta’rifladi. U ularni “Yovvoyi G‘arb sahrolaridagi oltin izlovchilar va qurollangan o‘qchilar”ga qiyosladi.

Avvalroq Gustavo Petro Tramp tomonidan bildirilgan bosqin tahdidlari fonida mamlakatni himoya qilish uchun qurol ko‘tarishga tayyor ekanini aytgandi. U prezident hibsga olinadigan bo‘lsa, xalq qarshiligi kuchayishini ta’kidlagan.

Qaynoq24.uz Venesuela AQShni hamkorlikka chaqirgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.