Lockheed Martin C-130 Hercules harbiy samolyoti Kolumbiyada qulab tushdi. Hodisa 23-mart kuni mamlakat janubidagi Puerto-Legisamo hududida yuz berdi.
Samolyot uchish vaqtida halokatga uchragan. Bortda jami 125 kishi bo‘lgan. Ular orasida harbiylar va ekipaj a’zolari bor edi. Kolumbiya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, kamida 77 kishi jarohat bilan evakuatsiya qilingan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 66 kishi halok bo‘lgan. Yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Ayrim manbalar qurbonlar soni ko‘proq ekanini bildirgan. Samolyot aeroportdan taxminan 2 km uzoqlikda qulagan. Voqea joyiga harbiy va qutqaruv kuchlari yuborilgan.
Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan. Rasmiylar tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Qaynoq24.uz Kolumbiya prezidenti Tramp ayblovlariga javob bergani haqida yozgan edi.

