“Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: DXX
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir tafsilotlari ma’lum qilindi.

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bir fuqaro­ni viloyat tumanlaridan biridagi ko‘mir omboriga rahbar etib tayinlash hamda omborga keladigan ko‘mir yuk vagonlari sonini oshirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilgan. Joriy yil 6 dekabr kuni u so‘ralgan pullarning 25 ming dollarini filyal xodimi orqali olgan va fuqaroning ombor mudiri lavozimiga tayinlanishini ta’minlagan.

Shundan so‘ng mansabdor yana qolgan 15 ming dollarga qo‘shimcha ravishda omborga 30 ta ko‘mir vagonini yuborgani uchun ulush sifatida 7,5 ming dollar, jami 22,5 ming AQSh dollari talab qilgan. Pulni olish jarayonida u va vositachisi sifatida qatnashgan filyal xodimi DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur shaxslarga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qaynoq24.uz Xorazmda yer «sotgan» shaxs aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.