UFC’ning sobiq ikki karra chempioni Konor Makgregor aralash jang san’atiga qaytish niyatida ekanini ma’lum qildi. U Oq uyda o‘tkaziladigan UFC turnirida ishtirok etmoqchi.
Bu haqda Makgregor sport jurnalisti Ariel Helvani bilan suhbatda gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsadi — yana oktagonga qaytib, muxlislariga kutilgan jangni taqdim etish.

“Men Oq uyda jang qilaman. Bu men uchun zavq bag‘ishlaydi, ammo o‘zimni aldamayman. Mening MMA’ga qaytishim eng muhim maqsadim. Men Maykl Chendler bilan jang qilishni istayman. Yaqinda bu haqda yaxshi yangiliklar bo‘ladi”, — degan Makgregor.

