Jizzax viloyati Zarbdor tumanida Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Tekshiruv davomida fuqaro Sh.R. boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirgani aniqlangan. U fuqaro E.M.ga uning o‘g‘lini Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. Evaziga esa 65 mln so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkentda 4,5 mlrd so‘mlik narkolaboratoriya fosh etilgani haqida yozgan edi. Laboratoriyada kimyogar sifatida ishlagan yana bir shaxs ham qo‘lga olingan. U ham Chinoz tumanidan ekani aniqlangan. Dastlab ular “Telegram” orqali faoliyat yuritgan narkodo‘konda “kladmen” bo‘lib ishlagan. Keyinchalik jinoiy guruh ishonchini qozonib, moddalarni ishlab chiqarishga jalb qilingan.

