Kuba hukumati 2 010 nafar mahbusni ozod qilishini ma’lum qildi. Bu haqda CNN agentligi xabar bermoqda. so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eng yirik amnistiyalardan biri bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mahbuslarni ozod qilish qarori ularning xulqi, sog‘ligi va sodir etgan jinoyati og‘irligidan kelib chiqib qabul qilingan. Ozod etiladiganlar orasida ayollar, yoshlar, 60 yoshdan oshganlar va chet el fuqarolari ham bor. Biroq og‘ir jinoyatlar, jumladan qotillik va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar bu ro‘yxatga kiritilmagan.
Rasmiylar bu qarorni Pasxa bayrami oldidan “insonparvarlik qadami” sifatida izohladi. Shu bilan birga, ekspertlar bu jarayon AQSh bosimi fonida amalga oshirilayotganini ta’kidlamoqda. So‘nggi oylar ichida AQSh, xususan Donald Tramp ma’muriyati Kubaga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirdi. Neft yetkazib berish cheklanishi mamlakatda energiya inqirozini yanada kuchaytirdi.
Orolda elektr uzilishlari ko‘paydi, transport va ishlab chiqarish faoliyati sekinlashdi. Ayrim hududlarda hatto kundalik hayot ham izdan chiqqani aytilmoqda. Bu Kuba tomonidan 2026-yilda amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik amnistiya hisoblanadi. Avvalroq ham xalqaro muzokaralar doirasida mahbuslar ozod etilgani kuzatilgan edi.
Qaynoq24.uz Tramp Kubaning qulashiga ishora qilgani haqida yozgan edi.

