Kuba: AQShning Venesuelaga nisbatan harakatlarini kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin

Foto: The National Guard
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Kuba hukumati tomonidan AQShning Venesuela bilan bog‘liq harakatlari kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin deb tanqid qilindi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Kuba Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodrigez Parrilya tomonidan e’lon qilingan videomurojaatda, AQSh ma’muriyati Venesuela hukumatini kuch ishlatib ag‘darishga uringanini aytib, bunday harakatlarni nihoyatda xavfli deb atadi. Vazirning ta’kidlashicha, AQShning mintaqadagi agressiv harbiy faoliyati butun Lotin Amerikasi va Karib havzasiga tahdid solmoqda, va davlat kotibi Marko Rubio ta’siri ostida Venesuelaga qarshi kuch ishlatish orqali hukumatni ag‘darish rejalashtirilgan.

Rodrigez Parrilya harbiy taranglikning yanada kuchayishi xalqaro jinoyat va BMT Nizomi hamda xalqaro huquqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish bo‘lishini ta’kidladi va AQShni bunday harakatlardan voz kechishga chaqirdi. Shu bilan birga, AQSh ilgari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va yuqori lavozimli amaldorlar bilan bog‘liq Cartel de los Soles guruhini xorijiy terror tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan, bu esa Karakas tomonidan mamlakat ichki ishlariga aralashish uchun asos yaratish urinish deb baholangan.

Qaynoq24.uz nashri Venesuelada harbiy safarbarlik joriy etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.