Navoiy viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Departament xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ch.U. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 19 quti va 100 kapsulani fuqaro S.S.ga 4 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davomida undan qo‘shimcha ravishda yana 13 quti va 100 kapsula kuchli ta’sir qiluvchi vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Namanganda pora olgan hokim yordamchisi qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

