Lada Azimut avtomobili gibrid versiyada chiqishi mumkin

Foto: Lada
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Lada Azimut krossoveri kelajakda gibrid versiyada ham taqdim etilishi mumkin. Bu haqda AvtoVAZ prezidenti Maksim Sokolov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya allaqachon plug-in gibrid kuch qurilmasini ishlab chiqmoqda. Mazkur tizim prototipi 2026-yil uchinchi choragida namoyish etilishi kutilmoqda.

Lada Azimut avtomobili / Foto: Lada

Yangi gibrid versiya 390 ot kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Avtomobil to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlanadi. Umumiy yurish zaxirasi esa 1100 km atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Hozircha kuch qurilmasi komponentlari haqida aniq ma’lumot berilmadi. Ammo ekspertlar mavjud sharoitlarni hisobga olib, tizimda Xitoy texnologiyalari qo‘llanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Lada Azimut krossoverining bozorga chiqishi 2026-yil to‘rtinchi choragiga rejalashtirilgan. Gibrid versiya esa keyinroq paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: lada

Qaynoq24.uz UzAuto Motors Damas 3 avtomobilini topshira boshlagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.