Laura Fernandes Kosta-Rikada prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Foto: BBC
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Laura Fernández Kosta-Rikada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. U boshqaruvdagi konservativ “Sovereign People’s Party” partiyasidan nomzod sifatida qatnashdi.

Ovozlarning 88 foizdan ortig‘i sanab chiqilganda, Fernandes 48 foizdan ko‘p ovoz oldi. Ikkinchi o‘rinni egallagan markazchi nomzod Álvaro Ramos mag‘lubiyatini tan oldi. Natijada saylov ikkinchi bosqichsiz yakunlandi.

Fernandes amaldagi prezident Rodrigo Chavesning jinoyatchilikka qarshi qat’iy siyosatini davom ettirishni va’da qilgan. U Chaves tomonidan voris sifatida tanlangan edi. Saylovchilar so‘nggi yillarda mamlakatda giyohvand moddalar bilan bog‘liq zo‘ravonliklar oshganidan xavotir bildirgan.

39 yoshli Fernandes 8-may kuni rasman lavozimiga kirishadi. U saylovdagi g‘alaba nutqida Chaves davrida boshlangan siyosatni davom ettirishini bildirdi. Kosta-Rika Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident ketma-ket ikki muddat ishlay olmaydi. Shu sababli Chaves qayta saylovda qatnashmadi. Fernandes uni hukumat tarkibiga jalb qilishi mumkinligini ham istisno etmagan.

Qaynoq24.uz Nasri Asfurani Gonduras prezident saylovida g‘olib bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.