Buyuk Britaniya AQSh bilan Karib dengizidagi kemalar haqidagi razvedka ma’lumotlarini almashishni to‘xtatdi. CNN xabariga ko‘ra, London AQShning xalqaro suv hududlarida amalga oshirayotgan zarbalarini noqonuniy deb hisoblagani uchun bu qarorni qabul qilgan.
So‘nggi yillarda Britaniya razvedka xizmatlari Karib hududida AQShga giyohvand moddalar kontrabandasiga gumon qilingan kemalar haqida ma’lumot yetkazib turgan. Bu ma’lumotlar AQShning Floridadagi qo‘shma operativ guruhi — “South Joint Interagency Task Force” orqali Berigovchi qo‘shinlarga yuborilgan. Ushbu hamkorlik tufayli AQSh dengiz kuchlari ko‘plab kontrabanda holatlarini fosh etgan.

Ammo 2025-yil sentabridan boshlab AQSh harbiy kemalari xalqaro suv hududlarida Venesuela narkokartellari bilan bog‘liq deb hisoblangan kemalarga bir necha marotaba zarba bergan. Shundan so‘ng London o‘z ma’lumotlari bunday hujumlar uchun ishlatilayotganidan xavotir bildirdi va hamkorlikni muzlatdi.
CNN manbalariga ko‘ra, bu qaror AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi razvedka sohasidagi yaqin aloqalarda jiddiy uzilish bo‘lib, Vashingtonning Lotin Amerikasidagi harbiy operatsiyalarining qonuniyligiga nisbatan shubhalarni kuchaytirgan.
Avvalroqa Qaynoq24.uz nashri AQShdagi shatdoun sababli minglab parvozlar yana bekor qilinayotgani haqida yozgan edi.

