Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati xarajatlari qoplab beriladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Hukumat qarori bilan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Tegishli hujjat 2025-yil 29-dekabrda qabul qilindi.

Qarorning huquqiy asosi

2025-yil 29-dekabrdagi 835-son qaror bilan “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu tartib 2025-yil 27-maydagi PQ–193-son qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Bepul ekspertiza tartibi

Nizomga ko‘ra, mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha ekspertiza ishlari to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi. Ushbu jarayon vakolatli organ — «O‘zbekekspertiza» AJ tomonidan o‘tkaziladi.

Ekspertiza natijalari asosida mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.

Xarajatlarni qoplab berish mexanizmi

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Savdoni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan qoplab beriladi.

Kompensatsiya sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida bir marotaba to‘lanadi.

Ariza topshirish va ko‘rib chiqish tartibi

Vakolatli organ har hafta yakuni bilan xarajatlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha tegishli ma’lumotlar kiritilgan reyestrni Kompaniyaga taqdim etadi. Reyestr elektron platforma — subsidiya.epauzb.uz orqali yuboriladi.

Kompaniya murojaat kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni davomida arizani ko‘rib chiqadi va xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.