15-yanvarda qabul qilingan qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangi tartibga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarga masofaviy video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi.
Qonunda belgilanishicha, mahkum o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan 15 daqiqa davom etadigan bir martalik masofaviy video-uchrashuv yoki telefon orqali suhbatlashish huquqiga ega bo‘ladi.
Avval mahkumlar faqat 15 daqiqa davom etadigan bir martalik telefon orqali gaplashish imkoniyatiga ega edi. Yangi o‘zgartirish bilan aloqa shakllari kengaytirildi.
Qaynoq24.uz xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlangani haqida yozgan edi.

