Maktab avtobusi ishtirokidagi avariyada 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: News.az
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Kolumbiyada maktab avtobusi ishtirokidagi avariyada 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Tiempo nashri xabar bermoqda.

Kolumbiyaning shimoli-g‘arbiy hududida maktab avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, yana 20 nafar fuqaro jarohat oldi.

Ma’lum qilinishicha, fojea Antiokiya departamentida yuz bergan. Departament gubernatori Andres Xulian Rendon X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida hodisa yuzasidan ma’lumotni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobus jarlikka qulab tushgan.

Avtobusda litsey o‘quvchilari bo‘lib, ular ekskursiyadan qaytayotgan bo‘lgan. Hodisa joyiga qutqaruv va tez tibbiy yordam brigadalari jalb etilgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Avtobusning jarlikka qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmoqda.

Qaynoq24.uz Ekvadordagi Machala qamoqxonasida 31 mahbus halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.