Maosh 2200 yevro: haydovchilar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Haydovchilar Germaniyaga 2200 yevro maosh bilan ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi. Umumiy ish o‘rinlari soni — 300 ta. Tanlov oflayn suhbat orqali o‘tkaziladi, ish joylari Germaniya bo‘ylab joylashgan.

Tanlovda 21–44 yoshdagi erkak va ayollar qatnasha oladi. Nomzodlarda BC, CE yoki D toifali haydovchilik guvohnomasi, nemis tilidan A2 yoki B1 darajali xalqaro til sertifikati bo‘lishi shart. Sudlanmagan va jismonan sog‘lom bo‘lish talabi qo‘yilgan.

Oylik ish haqi 2200 yevro (qo‘lga tegishi). Ish jadvali: haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat.

Taqdim etiladigan imtiyozlar: Germaniyaga ketishdan oldin kasbiy tayyorgarlik, viza rasmiylashtirish, aviachipta, aeroportdan transfer va Germaniyada qo‘shimcha kasbiy qayta tayyorlov.

Tanlab olingan avtobus haydovchilari D toifasi bo‘yicha o‘qitiladi. Viza jarayonidan oldin nomzodlar «Vatanparvar» markazida kasbiy tayyorlovdan o‘tadi, nemis tili o‘rgatiladi va maxsus simulyatorlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Ariza topshirish uchun Xorijda ish platformasida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Murojaat uchun telefon: 71-202-33-55 (yoki qisqa raqam 1282).

Qaynoq24.uz nashri tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlari 90 mlrd so‘mgacha kamaytirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.