Mariya Machado Nobel medalini Trampga hadya etdi

Mariya Korina Machado Foto: BBC
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Machado AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda yopiq uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, u Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti medalini Trampga taqdim etgan.

Machado ushbu uchrashuvni venesuelaliklar uchun tarixiy kun deb atadi. U Tramp bilan ilk bor shaxsan uchrashganini bildirdi. Shu bilan birga, Tramp medalni qabul qilgan yoki qilmaganiga aniqlik kiritilmadi.

Machado jurnalistlarga medal Trampning Venesuela erkinligi yo‘lidagi noyob sa’y-harakatlarini e’tirof etish ramzi ekanini aytdi. U, shuningdek, AQSh prezidentiga ishonish mumkinligini ta’kidladi.

Nobel qo‘mitasi esa mukofot boshqa shaxslarga berilishi yoki o‘tkazilishi mumkin emasligini yana bir bor eslatdi. Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, Nobel mukofoti e’lon qilingach, uni bekor qilish, bo‘lishish yoki topshirish imkoni yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, Tramp avvalroq Machado‘ni “erkinlik uchun kurashchi” deb atagan. Biroq u Venesuelaga yetakchi sifatida aynan Machado‘ni tayinlash g‘oyasini rad etgan. AQSh hozircha Deltsi Rodriges boshchiligidagi muvaqqat hukumat bilan ishlamoqda. Rodriges avvalgi prezident Nikolas Maduroning vitse-prezidenti bo‘lgan.

Maduro 3-yanvarda Karakasda qo‘lga olinganidan so‘ng, AQSh Venesuela neft sektoridagi siyosatini tezkor o‘zgartira boshladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Venesuela neftining ilk partiyasini $500 mln evaziga sotishga ulgurdi.

Machado Vashington tashrifi davomida AQSh senatorlari bilan ham uchrashgan. U Trampni Rodrigesni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga undash niyatida ekani aytildi.

Qaynoq24.uz Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi Machadoni Oq uyda qabul qilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.