Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank boshqaruvi 28-yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Regulyator inflyatsiya pasayishda davom etayotganini qayd etdi.

2025-yil dekabrda umumiy inflyatsiya 7,3 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha tushgan. Inflyatsiyadagi pasayish qat’iy pul-kredit siyosati, so‘m kursining mustahkamlanishi va import narxlari fonida bazaviy inflyatsiyaning sekinlashuvi bilan izohlandi.

Shu bilan birga, xizmatlar sohasida narxlar o‘sishi hanuz yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Markaziy bank prognoziga ko‘ra, 2026-yil yakunida inflyatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotda yuqori faollik saqlanmoqda. 2026-yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiy o‘sish 6,5–7 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilindi. Bank tizimida ijobiy real foiz stavkalari milliy valyutadagi jamg‘armalarni rag‘batlantirmoqda. Chakana kreditlash va fiskal faollik esa yuqori sur’atlarda davom etmoqda.

Markaziy bank pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning barqaror pasayishini ta’minlash maqsadida hozirgi qat’iy darajada saqlanishini bildirdi. Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 18-mart kuniga belgilandiю

Qaynoq24.uz 28-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.