Marokashdagi kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan selda 21 kishi halok bo‘ldi

Foto: NewsArena
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Marokashda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan selda 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro DW AFP va Reuters ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yakshanba kuni atigi bir soat davom etgan jala yomg‘ir shaharda loyqa suv oqimlarining keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Natijada o‘nlab uy va savdo obyektlari suv ostida qolgan, avtomobillar oqimga kapalakday oqib ketgan, shuningdek, bir qator yo‘llar bilan bog‘lanish uzilgan. Safi shahri poytaxt Rabotdan taxminan 300 kilometr janubda joylashgan.

Rasmiylarning bildirishicha, toshqinlar oqibatida 32 nafar fuqaro jarohat olgan. Ularning aksariyati tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shifoxonadan chiqarilgan. Shahar tarixiy qismida kamida 70 ta uy va tadbirkorlik obyektlari jiddiy zarar ko‘rgan.

Yakshanba kuni kechga borib suv sathi pasaygan bo‘lsa-da, qutqaruv xizmatlari ehtimoliy qurbonlarni aniqlash maqsadida qidiruv ishlarini davom ettirgan.

Shu bilan birga, Marokash meteorologiya xizmati mamlakatning bir qator hududlarida yaqin kunlarda yana kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Mutaxassislar aholiga ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

Qaynoq24.uz Tailanddagi suv toshqinlari oqibatida qariyb yarim million odam zarar ko‘rgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.