Klian Mbappening 18 yoshli ukasi Etan Mbappe Jazoir Futbol Federatsiyasiga (FAF) o‘tishi mumkin. Bu haqda Soccer Laduma nashri xabar bermoqda.
Etan hozir Ligue 1da o‘ynaydigan “Lille” klubi sharafini himoya qiladi. Etan hali katta futbolda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega emas. U besh o‘yinda atigi 33 daqiqa maydonga tushgan bo‘lsa-da, muhim gollar urishga muvaffaq bo‘lgan. U “Toulouse”ga qarshi uchrashuvda g‘alaba golini, “PSJ”ga qarshi o‘yinda esa muhim tenglashtiruvchi golni kiritgan.

Etan onasi Fayza Lamarin orqali Jazoir terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega. U hozirgacha Fransiya U16 jamoasida to‘p surgan, ammo kattalar terma jamoasiga chaqiruv olmagan. Shu sababli uning milliy terma jamoadagi kelajagi ochiq qolmoqda.
Manbaga ko‘ra, FAF Etan Mbappeni yaqin orada jamoaga qo‘shishni istaydi. Aljir terma jamoasi tarkibni yoshlar hisobiga kuchaytirishni maqsad qilgan.
Biroq 2026-yilgi Jahon chempionati asosiy mo‘ljal sifatida ko‘rilmoqda. Kelasi Afrika Millatlar Kubogi (AFCON) uchun vaqt juda qisqa ekani aytilgan.
Agar Etan Jazoirni tanlasa, u bu yil boshida Fransiyadan Jazoirga o‘tgan Luka Zidan yo‘lidan boradi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Kubogi saralash bosqichlarida ishlashi haqida yozgan edi.

