Meksikalik Fatima Bosch Tailandda o‘tgan Miss Universe tanlovida g‘olib deb topildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Ushbu g‘alaba Meksikaning tarixdagi to‘rtinchi Miss Universe unvoni bo‘ldi.
Oy boshida u bir tadbir davomida tashkilotchi tomonidan ko‘pchilik oldida haqoratlangani uchun zalni tark etgandi. Uni qo‘llab-quvvatlagan ishtirokchilar ham birgalikda chiqib ketgan. Oradan bir hafta o‘tib, ikki nafar hakam iste’foga chiqdi. Ulardan biri jarayon soxtalashtirilganini aytdi. Tashkilotchilar bu ayblovni rad etdi.
Finalda Tailand vakili Praveenar Singh ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli beshlikdan Venesuela, Filippin va Kot-d’Ivuar vakillari ham joy oldi. Tailand uchun bu tanlovni qabul qilishi to‘rtinchi marotaba bo‘lib, mahalliy vakil favorit sifatida baholangan edi.

Bu yilgi Miss Universe jarayonini Tailandlik media magnati Nawat Itsaragrasil tashkil etgan bo‘lsa, Miss Universe brendi Meksikalik tadbirkor Raul Rocha boshchiligida yuritilmoqda. Tanlov davomida ikki tomon o‘rtasidagi madaniy va boshqaruvdagi qarama-qarshiliklar ochiq ko‘rinib qoldi.
Tanlov davomida noxush hodisalar ham kuzatildi. Miss Yamayka kechki liboslar bosqichida yiqilib tushdi va zudlik bilan kasalxonaga olib ketildi. Hozir u shifoxonada davolanmoqda.
Miss Universe brendi aynan o‘tish davrida turgan bir vaqtda bu mojarolar yanada ko‘p e’tibor qaratdi. Tanlovning avvalgi rahbari Anne Jakrajutatip pre-pageant jarayonidan sal oldin iste’foga chiqdi.
Endi tashkilot bir yillik teleko‘rsatuvdan ko‘ra kengroq media brendga aylanishni, TikTok kabi platformalarda faol bo‘lishni maqsad qilmoqda.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tom Kruz kino sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Oskar” bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.

