Microsoft Google Chrome foydalanuvchilarini Edge’ga o‘tishga undamoqda

Foto: iStock
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Microsoft korporatsiyasi Google Chrome brauzeridan foydalanayotgan foydalanuvchilarni o‘zining Edge brauzeriga o‘tkazish uchun yangi reklama usulini ishga tushirdi. Bu haqda Windows Report nashri xabar bermoqda. Jurnalistlar ta’kidlashicha, kompaniya bu safar yanada agressiv yondashuvni tanlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Windows operatsion tizimiga o‘rnatilgan Edge brauzeri orqali Google Chrome’ni yuklab olish sahifasiga kirilganda, foydalanuvchi oldida Microsoft brauzerining afzalliklari ko‘rsatilgan maxsus oynacha paydo bo‘ladi. Unda Edge’ning Chrome’ga nisbatan ustun jihatlari sanab o‘tiladi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, ilgari Microsoft reklamalarda Edge va Chrome o‘rtasida katta farq yo‘qligini, chunki har ikkisi ham Chromium dvijogi asosida ishlashini ta’kidlardi. Biroq hozirgi kampaniyada kompaniya asosiy e’tiborni onlayn xavfsizlik masalasiga qaratmoqda.

Reklamadagi havolani bosganda internetdagi xavfsizlikka bag‘ishlangan sahifa ochiladi. Unda Edge brauzeridagi maxfiy ko‘rish rejimi, parollar monitoringi, firibgarlik va zararli dasturlardan himoya, shuningdek, boshqa xavfsizlik funksiyalari alohida ta’kidlanadi. Jurnalistlar fikricha, Microsoft endilikda brauzerlar dvijogidan ko‘ra, foydalanuvchilar xavfsizligini asosiy ustunlik sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Qaynoq24.uz Microsoft’ning pullik yangilanishi Windows 10 ishida muammolar keltirib chiqargani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.