Mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, agar undirish tashkiloti realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish taklifiga rozilik bersa, mol-mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.
Davlat ijrochisining qarori, shuningdek, mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi.
Shu bilan birga, mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undirish tashkiloti tomonidan ushbu majburiyatlarni bajarish ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan holatlar bundan mustasno.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Qaynoq24.uz nashri budjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega fuqarolarga ajratilishi haqida yozgan edi.

