Motorola Signature smartfoni qachon taqdim etiladi

Foto: CNET
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Motorola’ning yangi flagman Motorola Signature smartfoni yaqin kunlarda Hindiston bozorida taqdim etilishi kutilmoqda. Gizmochina ma’lumotiga ko‘ra, qurilma 2026-yil 23-yanvar kuni rasman sotuvga chiqadi. Uning Hindistondagi narxi 84 999 rupiyni tashkil etishi mumkin. Bu taxminan 941 dollarga teng.

Motorola Signature avvalroq Yevropada 999 yevro narx bilan namoyish etilgan edi. Ushbu narx 16 GB tezkor va 1 TB doimiy xotiraga ega yagona konfiguratsiyaga taalluqli. Hozircha kompaniya Hindistonda arzonroq versiyalarni taklif etishi noma’lum. Global bozorga faqat 1 TB xotirali variant chiqqani hisobga olinsa, Hindistonda ham aynan shu model sotilishi ehtimoldan xoli emas.

Ma’lum bo‘lishicha, Motorola Signature 6,8 dyuymli LTPO AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Displey 1.5K aniqlikka ega bo‘lib, 165 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma Snapdragon 8 Gen 5 protsessori asosida ishlaydi va 5 200 mA/soat sig‘imli batareya bilan ta’minlanadi.

Foto: Motorola

Smartfon 90 Vt simli va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera qismida esa 50 MP asosiy modul, 50 MP ultra keng burchakli kamera hamda 50 MP periskop telefoto sensor joy olgan. Qurilmaning qalinligi 6,99 mm bo‘lib, vazni 186 grammni tashkil etadi.

Shuningdek, Motorola Signature NFC, stereo dinamiklar, Bluetooth 6 va USB 3.2 interfeyslariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, model Hindiston bozoridagi eng qimmat va texnik jihatdan kuchli Motorola smartfonlaridan biriga aylanadi.

Qaynoq24.uz eng katta xotiraga ega smartfonlar haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.