Muhammad Saloh mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etishini e’lon qildi

Saloh instagram sahifasi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Muhammad Salah joriy mavsum yakunida Liverpool FC safini tark etishini ma’lum qildi. Futbolchi bu haqda o‘z Instagram sahifasida e’lon qildi.

E’tiborlisi, u 2025-yil aprel oyida 2026–2027-yilgi mavsum oxirigacha amal qiluvchi yangi shartnoma imzolagan edi. Saloh videomurojaatida klub va muxlislar unga juda yaqin bo‘lib qolganini ta’kidladi.

“Bu klub, shahar va muxlislar mening hayotimning ajralmas qismiga aylandi. “Liverpul” – bu shunchaki futbol klubi emas, bu ishtiyoq, tarix va o‘ziga xos ruhdir. Bu yerda o‘tkazgan vaqtim davomida jamoadoshlarim va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini hech qachon unutmayman”, degan Saloh o‘zining videomurojaatida.

Muhammad Saloh jamoada o‘tkazgan yillarini yodda saqlashini va muxlislar qo‘llab-quvvatlashini hech qachon unutmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Qaynoq24.uz Eron 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.