Buxoro aeroportida tuman tushishi va ko‘rinish masofasi 100 metrga qisqarishi sabab Moskva–Buxoro yo‘nalishidagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9608 reysi ekipaji parvozni Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘naltirdi.
Shu yo‘nalishda parvoz qilayotgan Aeroflot aviakompaniyasining AFL1876 reysi ekipaji ham Buxorodagi ob-havo sharoiti tufayli Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘nishni tanladi.
Bundan tashqari, Termiz aeroportida ham tumanli ob-havo kuzatilgani sabab Moskva–Termiz yo‘nalishidagi Azimuth aviakompaniyasining AZO7055 reysi Samarqandga yo‘naltirildi.
Rasmiylarga ko‘ra, qarorlar parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Vaziyat ob-havo sharoiti yaxshilangach, reyslar belgilangan manzillarga davom ettiriladi.
Qaynoq24.uz Toshkent aeroportidagi elektr ta’minotida qisqa uzilish qayd etilgani haqida yozgan edi.

