Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik qalbaki dori vositalari savdosining oldi olindi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Namangan viloyatida sifati kafolatlanmagan va qalbaki dori vositalarining savdoga chiqarilishi to‘xtatildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Tezkor tadbir Departament, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazildi. Unda “M.A.” MChJ ombori mudiri A.I. Namangan shahri “Ilg‘or” MFY hududidagi noturar binoda turli nomdagi qalbaki va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi.

Foto: Departament

Binodan jami qiymati 1,4 mlrd so‘mlik 1337 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar topilib, ashyo dalil sifatida olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Jomboyda 106,4 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.